AsosiyDunyo

​PODMOSKOVE MAKTABLARIDAN BIRIDA TO`QQIZINChI SINF O`QUVChISI OTIShMA UYuShTIRDI

'​PODMOSKOVE MAKTABLARIDAN BIRIDA TO`QQIZINChI SINF O`QUVChISI OTIShMA UYuShTIRDI'ning rasmi

Moskva viloyati prokuraturasi matbuot xizmatidan xabar berilishicha, Podmoskovedagi Ivanteevkadagi maktablardan birida to`qqizinchi sinf o`quvchisi otishma uyushtirdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugun 5 sentyabr kuni 15 yoshli 9-sinf o`quvchisi informatika darsi vaqtida o`qituvchisining boshiga bolta bilan zarba bergan. Keyin esa o`smir qo`lbola uskunalarni portlatib, o`q uza boshlagan.

Prokuratura bergan ma`lumotlarga ko`ra, yuzaga kelgan hodisada bir nechta bola jabrlangan, ularning barchasi kasalxonaga etkazilgan. O`quvchi esa polisiya bo`limiga so`roqqa olib ketilgan.

Ayni damda viloyat prokurori Aleksey Zaxarov ta`lim muassasasiga mas`ul shaxslarning harakatlariga qonuniy baho bermoqda.

Tergov ishlari prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar