70 yoshli polshalik Aleksandr Doba (Alexander Doba) etti metrlik baydarka qayig`ida Atlantika okeanini suzib o`tdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Yakshanba, 3 sentyabr kuni qariya Fransiyaning Le-Konke shahrida o`z sayohatini yakunladi. U 16 may kuni AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Berniget ko`rfazidan yo`lga safarga otlangan edi.
17 iyun kuni baydarka qayig`ining ruli qiyshayib qolgani ma`lum bo`ldi. Biroq Dobe ta`mirlash ishlarini amalga oshirib, o`z yo`lida davom etdi.
Dobe 2010 yilda baydarka qayig`ida Atlantika okeanini yolg`iz suzib o`tgan ilk insondir. 2013 yilda u yana okeanni suzib o`tib, eng katta masofada baydarkada suzishni amalga oshirgan inson sifatida rekord o`rnatdi.






