AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA YHXB XODIMI 450 DOLLAR PORA BILAN UShLANDI

'​TOShKENTDA YHXB XODIMI 450 DOLLAR PORA BILAN UShLANDI'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori Sunnatilla Yusupjanov 450 dollar pora olayotganda ushlandi. Bu haqda "Postda" gazetasiga asoslanib, "1News"xabar bermoqda.

M. Zuparov ismli fuqaro haydovchilik huquqidan 2 yilga mahrum etilgan tanishiga haydovchilik guvohnomasini tez muddatda qaytarib olishda IIB vakilidan yordam so`raydi.
S. Yusupjanov haydovchilik guvohnomasini muddatdan oldin tiklab berish evaziga 450 dollar pora talab qiladi. Yo`l harakati xavfsizligi rasmiysi ko`rsatilgan miqdordagi pulni olayotganda qo`lga tushirilgan.

Qayd etilishicha, el-yurt tinchligiga xizmat qilishga qasamyod qilgan S. Yusupjanov sharafli ichki ishlar sohasiga nomunosib ekanini ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar