Polshada yuk va yo`lovchi poezdi to`qnashishi oqibatida yo`lovchi poezdi relsdan chiqib ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
To`qnashuv oqibatida 20 kishi, shu jumladan 4 nafar bola jabrlandi. Barcha jabrlanganlar engil tan jarohati oldi.
Yo`lovchi poezdida 130 nafar yo`lovchi bo`lgan. Ularning hammasi evakuasiya qilindi. Hodisa Grudzyondz shahri yaqinida ro`y berdi. Hozircha to`qnashuv sababi aniqlangani yo`q.






