Qibray tumanida yashovchi fuqaro Z.Mannapov (1973 y.t.) oilaviy kelishmovchilik oqibatida uch nafar shaxsni qasddan o`ldirmoqchi bo`lgan, deb xabar beradi Toshkent ivloyati prokuraturasi rasmiy sayti.
Xususan, Z.Mannapov tumanning «Madaniyat» mahallasi hududida shar`iy nikohdagi turmush o`rtog`i X.Ismoilova (1985 y.t.) bilan nizolashib, kelib chiqqan o`zaro janjal oqibatida X.Ismoilova va uning ikki nafar 12 va 9 yoshdagi voyaga etmagan farzandlarini qasddan o`ldirish maqsadida, ularning bosh qismiga temir bolg`a bilan urib, ularga hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari etkazgan.
Voqea joyidagi uchinchi shaxslar aralashuvi bilan Z.Mannapov o`z jinoiy harakatlarini oxiriga etkaza olmagan.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchilar tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Z.Manapovga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.






