AsosiyDunyo

​MISRDA SAYYoHLAR AVTOBUSI HALOKATGA UChRADI

'​MISRDA SAYYoHLAR AVTOBUSI HALOKATGA UChRADI'ning rasmi

Misrda Qohirani Beni-Sueyf shahri bilan bog`lovchi yo`lda avtobus ishtirokida sodir bo`lgan YTHda 14 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

YTH oqibatida 14 kishi halok bo`ldi, 42 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Ichida 62 nafar yo`lovchi bo`lgan avtobus pikapga urilib, yo`ldan chiqib ketib, boshqa yo`lga ag`darilgan.

Avtobus sayyohlik agentligidan biriga tegishli bo`lgan. Shuni ta`kidlash joizki, Misrda “o`lik mavsum” paytida sayyohlik avtobuslarini shaharlararo yo`lovchi tashish maqsadida ijaraga berish yo`lga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar