AsosiyJamiyat

​FUQARO MUHOFAZASI INSTITUTI MAGISTRATURASIGA QABUL E`LON QILINDI

'​FUQARO MUHOFAZASI INSTITUTI MAGISTRATURASIGA QABUL E`LON QILINDI'ning rasmi

Fuqaro muhofazasi institutida «Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi» yo`nalishi bo`yicha magistratura ochildi.O`zbekiston Fuqaro muhofazasi instituti 2017−2018 o`quv yiliga magistratura uchun qabul boshlangani to`g`risida e`lon qildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Imtihonlar yakunlar bo`yicha 25 kishi tanlab olinadi. Saralashda FVV ofiserlari, tibbiy xodimlar va hayot xavfsizligi asoslarini o`rgangan bakalavriat ta`limini olgan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Hujjatlar 1−10 sentyabr kunlari qabul qilinadi, o`quv mashg`ulotlari oktyabrdan boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar