AsosiyDunyo

JONLI EFIRNI OLIB BORAYoTGAN TELEJURNALIST AYoL ChO`KAYoTGAN YuK MAShINASI HAYDOVChISINI QUTQARDI

'JONLI EFIRNI OLIB BORAYoTGAN TELEJURNALIST AYoL ChO`KAYoTGAN YuK MAShINASI HAYDOVChISINI QUTQARDI'ning rasmi

KHOU 11 telekanalining boshlovchisi Brendi Smit jonli efirda ko`rsatuv olib borayotganda yuk mashinasining suvga g`arq bo`layotganligiga ko`zi tushdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

AQShning Texas shtatini “Xarvi” to`foni oqibatida suv bosdi. Yuk mashinasi ham suv toshqini tufayli suvga g`arq bo`ldi. Avtomobil yo`lida jonli efirni olib borayotgan boshlovchi yonidan o`tib ketayotgan sherifning mashinasini to`xtatib, voqea haqida unga xabar berdi. Natijada qutqaruv guruhi mashina yoniga suzib borib, haydovchini bexatar joyga evakuasiya qildi.

Mazkur voqea aks etgan videorolik 29 mingdan ortiq layk to`pladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ziyrak jurnalist qizni mukofotlashni taklif qildi. Texasdagi “Xarvi” to`fonida 10 kishi qurbon bo`ldi. Mazkur to`fon so`nggi 12 yil davomidagi eng kuchli to`fon bo`ldi.


    Boshqa yangiliklar