AsosiyDunyo

ShOHDARA DARYoSIGA AVTOBUS QULAShI OQIBATIDA 10 KIShI HALOK BO`LDI

'ShOHDARA DARYoSIGA AVTOBUS QULAShI OQIBATIDA 10 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Tojikistonning sharqiy qismida joylashgan Shohdara daryosiga ichida yo`lovchilari bo`lgan avtobus qulashi oqibatida 10 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, avtobus haydovchisi ilonizi tog` yo`lida avtobus boshqaruvini yo`qotgan. Hyundai Starex mikroavtobusi Tog`li Badaxshonning Roshtqal`a-Xorog avtoyo`lining 20 kilometridagi tog` yo`lidan daryoga qulagan. Avtobus salonida 13 nafar yo`lovchi, shu jumladan 4 nafar bola bo`lgan. Bolalarning hammasi halok bo`lgan. Mikroavtobus haydovchisi va 3 nafar yo`lovchi tirik qolgan, ular Horog kasalxonasiga yotqizilgan.

23 avgust kuni Tojikiston parlamentida yo`l-harakati qoidalarini buzganlik uchun jazoni kuchaytirish uchun ovoz berilgan edi. Masalan, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish 2 yildan 10 yilga uzaytiriladi. Haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarganlik uchun jarima 250 dan 13 ming ming somoniyga oshiriladi, mast holda piyodani bosib ketganlik uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

    Boshqa yangiliklar