AsosiyDunyo

MARK SUKERBERG IKKINChI FARZANDI DUNYoGA KELGANINI MA`LUM QILDI

'MARK SUKERBERG IKKINChI FARZANDI DUNYoGA KELGANINI MA`LUM QILDI'ning rasmi

Facebook ijtimoiy tarmog`ining asoschisi bo`lgan Mark Sukerbergning oilasida ikkinchi qizaloq dunyoga keldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Mark Sukerberg rafiqasi Prissilla Chan bilan qizchani Avgust, deb atashga qaror qildi. Sukerberg to`ng`ich qizi Maksimaga maktub bitgani kabi yangi tug`ilgan qizalog`iga ham xat yozdi va mazkur xatni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

“Yana bir qizaloqli bo`lganimizdan Prissilla ikkalamizning boshimiz osmonga etdi. Biz uning sog`-salomat voyaga etishiga, biz orzu qilgan inson bo`lib ulg`ayishiga umid qilamiz”, deb yozdi Mark Sukerberg.

Farzandli bo`lganligi munosabati bilan ijtimoiy tarmoq asoschisi bir oylik dekret ta`tiliga chiqishni rejalashtirdi. U ilk farzandi dunyoga kelganda ham shunday yo`l tutgan edi.

Sukerberg va Prissilla bundan 14 yil muqaddam Garvard universitetida o`qiganda tanishgan. Ular 2012 yilda rasman nikohdan o`tgan. 2015 yilda esa to`ng`ich farzandlari Maksima tug`ilgan.

    Boshqa yangiliklar