AsosiyDunyo

LONDON POLISIYaSI NOTTING-XILL KARNAVALI PAYTIDA 300 NAFARDAN ORTIQ ODAMNI QO`LGA OLDI

'LONDON POLISIYaSI NOTTING-XILL KARNAVALI PAYTIDA 300 NAFARDAN ORTIQ ODAMNI QO`LGA OLDI'ning rasmi

Londonning Notting-Xill tumanida 27-28 avgust kunlari bo`lib o`tgan karnavalda polisiya tomonidan turli qonunbuzarliklarga yo`l qo`ygan 313 kishi qo`lga olindi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

“Ikki kun davom etgan karnaval vaqtida Notting-Xillda 313 kishi qo`lga olindi”, deb xabar berdi London polisiyasi. Ularning 58 nafarida giyohvandlik moddasi, 50 nafarida esa qurol borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, tadbir davomida 28 nafar polisiyachi yaralandi.

Notting-Xill karnavali 1966 yildan beri har yili o`tkazib kelinadi. Karnavalning asosiy ishtirokchilarini Karib hududidan chiqqan aholi tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar