Xitoyning janubiy-sharqiy qismidagi Guychjou
provinsiyasida ro`y bergan tog` ko`chkisi oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 2 kishi
jarohatlandi va 37 kishi bedarak yo`qoldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, 34 ta turar joy ko`chki tagida qolib ketgan. Tabiiy ofat joyida 81 nafar kishi qolmoqda. Hukumat organlari xabariga ko`ra, ushbu tabiiy ofat natijasida 765 ming dollarlik iqtisodiy zarar ko`rilgan.
Hozirgi vaqtda qutqaruvchilar tezkor qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqda.






