Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida O`zbekiston yoshlar ittifoqining «Yoshlar press klubi» o`z faoliyatini boshlaydi.
Bu haqda O`zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboev o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.
Press klubda yoshlarga oid davlat siyosatining turli masalalari tegishli mutasaddi va mutaxassislar ishtirokida muhokama etiladi.
Dastlabki sessiya 2017-2018 o`quv yiliga oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonlari, sohadagi muammolar hamda echimini kutayotgan masalalarga bag`ishlanadi.






