AQSh ichki ishlar vaziri Rayan Zinkening qizi Amerika prezidenti Donald Trampni qo`pol ravishda haqorat qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
“Bu odam lan`atga loyiq! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamga siyosatni aralashtirmaslikka qanchalik harakat qilmay, buning iloji bo`lmadi. Faxriy sifatida shuni aytishim mumkinki, sen bir uyum axlatdan boshqa hech narsa emassan!”, deb yozdi Jennifer Detlefsen o`zining Instagram sahifasida. U Donald Trampning armiyadagi xizmatga doir cheklovlaridan norozi bo`ldi.
Mazkur post ijtimoiy tarmoqqa bundan bir oy ilgari joylashtirilganligiga qaramay, Amerika OAVlari armiya xizmatidagi yangi qonunlar e`lon qilingandan keyin postga e`tibor qaratdi.






