AsosiyJamiyat

​SAMARQANDDAGI ISLOM KARIMOV HAYKALI BAYRAMDAN KEYIN OChILADI

'​SAMARQANDDAGI ISLOM KARIMOV HAYKALI BAYRAMDAN KEYIN OChILADI'ning rasmi
Samarqandda Islom Karimov haykali 2 sentyabr – Birinchi Prezidentni xotirlash kuni ochiladi, deb xabar berdi T.Rahmaullaev o`zining Facebook sahifasida.

Islom Karimovga atalgan yodgorlik Registon maydoni yaqinida, sobiq "Yo`lbarslar xiyoboni" hududida o`rnatildi.

Haykalning balandligi 5,8 metr, haykal o`rnatiladigan supa balandligi esa 5,5 metrga teng.

Hozirda hududni obodonlashtirish borasidagi so`nggi ishlar olib borilmoqda. Ishchilar erga plitkalar yotqizishmoqda, gullar, manzarali daraxt va kashtanlar ekishmoqda.


    Boshqa yangiliklar