O`zbek xalqining sevimli yozuvchisi Pirimqul Qodirovning salmoqli romanlari,bir—biridan shirali qissa va hikoyalari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangani shubhasiz.
O`zbek adabiyoti xazinasiga barakali hissa qo`shgan ustoz adib Pirimqul Qodirovning xizmatlari yuksak baholanib,1994 yilda “Shuhrat” medali, 1998 yilda “El-yurt hurmati”,2006 yilda“Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.
Olim va adibning “Til va el” (2005) va “Amir Temur siymosi” (2006) deb nomlangan salmoqli ilmiy badialari ayniqsa ziyolilarda juda katta qiziqish uyg`otdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev mustaqillikning 26 yilligi arafasida adabiyot sohasi bo`yicha yo`nalishida marhum Pirimqul Qodirovni – “Amir Temur siymosi” va “Til va el” asarlari uchun birinchi darajali Davlat mukofotiga loyiq deb topdi.
Adibning “Amir Temur siymosi” nomli ilmiy-tarixiy asari O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 16 yilligi arafasida o`tkazilgan “Eng ulug`, eng aziz” tanlovida ham birinchi o`ringa sazovor bo`lgan.






