AsosiyJamiyat

Falastin elchisi O`zbekistondagi missiyasini davom ettiradi

2013 yil 15 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Falastin Davlatining yurtimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib qayta tayinlangan Muhammad Abdullo Tarshaxoniy bilan uchrashdi. 
Vazir elchidan Ishonch yorlig`ining nusxasini qabul qilib oldi, deb yozadi vazirlik matbuot xizmati. 
Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston-Falastin munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 
Tomonlar shuningdek, xalqaro maydondagi va mintaqaga oid alohida masalalar, xususan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan o`zaro fikr almashdilar.


Foto: A.Ilyasov (Jahon.A.A)

    Boshqa yangiliklar