AsosiyDunyo

Terrorchining boshi uchun 10 million dollar va`da qilindi

Shanba kuni Bag`dodda sodir etilgan qo`poruvchilik harakatining tashkilotchilarini ushlashga yordam bergan kishiga AQSh davlat departamenti 10 million dollar mukofot pulini va`da qildi.
Ramazon xayiti nishonlanayotgan paytda Iroq poytaxtining ettita hududida portlovchi moddalar bilan to`ldirilgan 15 ta mashina portlatib yuborilgan. Ushbu qo`poruvchilik harakati oqibatida 80 kishi halok bo`lgan. Amerikaliklarning fikricha, bu teraktlarni “Al-Qoida Iroqda” guruhi amalga oshirgan. Ushbu guruhni Abu Bakr al-Bag`dodiy ismli shaxs Suriyadan turib boshqaradi.

    Boshqa yangiliklar