AsosiyDunyo

​Elbrus cho`qqisini zabt etmoqchi bo`lgan ikki alpinist pastga quladi

'​Elbrus cho`qqisini zabt etmoqchi bo`lgan ikki alpinist pastga quladi'ning rasmi

27 aprel kuni Elbrus cho`qqisini zabt etish maqsadida yuqoriga ko`tarilgan ikki alpinist dengiz sathidan 4,9 ming metr balandlikdan pastga quladi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Ayni paytda ularni qutqaruvchilar qidirmoqda. Rossiya FVVga qarashli Elbrus baland tog`li hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib boruvchi otryadning tezkor navbatchisi Ruslan Jappuening ma`lumot berishicha, alpinistlar 4 kishidan iborat bo`lgan. Ularni qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Elbrus tog`i Rossiyadagi chiqish qiyin bo`lgan tog`lardan biri hisoblanadi. Mahalliy qutqaruvchilarning aytishicha, yiliga mazkur tog`da 15 ga yaqin odam halok bo`ladi. Maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan odamlarning cho`qqini zabt etishga bo`lgan intilishi tufayli yildan-yilga halok bo`lganlar soni oshib bormoqda.

Boshqa yangiliklar