Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida sodir etilgan bosqinchilik jinoyati huquqni muxofaza qiluvchi organlar, mutasaddi tashkilotlar, qo`ni-qo`shniyu, mahalla-ko`yni birday tashvishga soldi, ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining tezkor harakatlari natijasida bosqinchilik jinoyati sodir etganlik holati yuzasidan o`tkazilgan tergov surishtiruv natijalari o`z samarasini berib, gumondorlar qo`lga olindi, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB.
Afsuski, bu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinganlar ham begonalar emas, gumondorlardan biri mahallada istiqomat qiluvchi Rustam Asataliev va uning ko`cha-ko`ydagi bekorchi tengdosh-do`stlari Suleyman Zeynalov, Abzal Saidov hamda G`ofurjon Murzaxonovlar ekanligi ma`lum bo`ldi.
Bosqinchilar devor oshish yo`li bilan Muhayyo Abdulxairovaning uyiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, uy egasiga hujum uyushtirib, oyoq va qo`llarini skotch bilan bog`lab, og`zini paypoq bilan berkitib, uning hayoti va sog`ligi uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatgan holda pul berishini talab qilishgan. Uyda mavjud bo`lgan M.Abdulxairovaga tegishli bo`lgan qimmatbaho taqinchoqlar, “Iphone-5” va “Iphone-5S” rusumli telefon apparatlari, massaj uskunasi hamda seyfda saqlangan Muhayyo Abdulxairovaning turmush o`rtog`i Ravshan Abdulajonovga tegishli ikki dona ov miltiqlarini qo`lga kiritishib, jinoyat sodir etgan joyidan yashirinishgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan, tergov harakatlari olib borilmoqda.






