AsosiyJamiyat

​Yaponiyadan Samarqandga ilk charter reys amalga oshirildi

'​Yaponiyadan Samarqandga ilk charter reys amalga oshirildi'ning rasmi

7 aprel kuni Yaponiyaning ilk charter reysi 250 nafar sayyoh bilan Samarqand aeroportiga kelib qo`ndi. Bu haqda “Uz24” xabar bermoqda.

Bir hafta davom etadigan sayohatlarda yaponiyalik mehmonlar ko`hna Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida bo`lib, tarixiy va me`moriy obidalarimiz bo`ylab ma`rifiy ekskursiyalar, boy madaniy dasturlar, folklor guruhlarining chiqishlari, milliy oshxonamiz ne`matlaridan, bir so`z bilan aytganda, o`zbekona mehmondo`stlikdan bahramand bo`ladilar.

Apreldan oktyabr oyiga qadar O`zbekistonga Yaponiyaning turli shaharlaridan 10ta charter parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Parvozlar orqali 2500 yaponiyalik mehmon yurtimiz bo`ylab sayohatlarda ishtirok etadilar.

Boshqa yangiliklar