Zarur masalliqlar: xamiriga: 100-150 gr. un, 100 grammdan shakar va shokolad, 3 dona tuxum, 2 choy qoshiq xamiryumshatgich; sufle uchun: 250 ml. qaymoq, 150 gr. shakar, 10 gr. jelatin, 3 dona banan; ustiga sepishga: 100 gr. yong`oq.
Tayyorlanishi: 1. Shokoladni bo`laklab, suv bug`ida eriting. Tuxumni shakar bilan ko`pirtirib, shokoladni qo`shing-da, mikserda aralashtirishni davom ettiring. Keyin xamiryumshatgich va unni qo`shing. Xamir juda quyuq bo`lib ketmasin. Xamirni pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga quyib, yuzasini tekislang. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga qo`ying. Biskvitimiz pishgach, qog`ozi bilan issiq holida rulet shaklida o`rab qo`ying.
2. Bananni maydalab to`g`rang. Yong`oqni yaxshilab ezing.
3. Jelatinni 100 ml. qaynatib sovitilgan suvga solib, o`ramida ko`rsatilgan muddatga ivitib qo`ying. So`ngra olovga qo`ying. Qaynash darajasiga etgach, olovdan olib sovitasiz.
4. Qaymoqni shakar bilan ko`pirtirib, ivitilgan jelatinni qo`shing. 3 osh qoshiq qaymoqdan olib qo`yib, qolganiga bananni qo`shing. Mikserda yaxshilab aralashtiring.
5. Ruletning ustiga sufleni solamiz-da, o`raymiz. Va yuziga qaymoqdan surtamiz. Maydalangan yong`oqni sepib, 4-5 soat muzlatkichga qo`yish tavsiya etiladi.
8 kishilik
2 soat






