AsosiyDunyo

​Janet Jekson ona bo`lganidan 3 oy o`tgach, eri bilan ajrashdi

'​Janet Jekson ona bo`lganidan 3 oy o`tgach, eri bilan ajrashdi'ning rasmi

Taniqli amerikalik xonanda Janet Jekson turmush o`rtog`i bilan ajrashdi, deb yozadi “Vesti”.

Uch oy avval Janet va uning turmush o`rtog`i ilk marotaba ota-ona bo`lgan edi.

Xonanda va uning turmush o`rtog`i, qatarlik millioner Vissam al-Mana do`st bo`lib qolishga va farzandlarini birgalikda tarbiyalashga kelishib olgan. Bola onasi bilan qoladi, hozirda Janet vaqtincha Londonda yashamoqda.

50 yoshli Janet Jekson 2017 yilning 3 yanvar kuni o`g`il farzandni dunyoga keltirdi. U 5 yil avval al-Managa turmushga chiqqan edi. Bunga qadar Jekson ikki marotaba turmushga chiqqan.

Janet 2009 yilda vafot etgan pop estrada “qiroli” Maykl Jeksonning singlisi.

Boshqa yangiliklar