AsosiyBu qiziq

Eron JCh–2026da ishtirok etadi

Eron milliy terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishi rasman tasdiqlandi.

'Eron JCh–2026da ishtirok etadi'ning rasmi

Eron hukumati vakili Fotima Mohajeraniyning ma’lum qilishicha, jamoaning musobaqada munosib qatnashishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Tayyorgarlik ishlari tegishli vazirlik topshiriqlari asosida olib borilgan bo‘lib, infratuzilma va tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino ham Eron jamoasi turnirda ishtirok etishi kutilganini bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, futbol siyosatdan tashqari bo‘lishi lozim va jamoa o‘yinlarda qatnashish istagini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron “G” guruhidagi uchrashuvlarini AQShda o‘tkazadi: ikki o‘yin Los-Anjelesda, biri esa Sietlda bo‘lib o‘tadi. Jamoaning turnir davomidagi bazasi Arizona shtatidagi Tukson shahrida joylashadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:21

    Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    23 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 22.04.2026 02:23

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.

    'Bugun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.04.2026 02:16

    Bugun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi

    Bunga “O‘zgidromet” e’lon qilgan ob-havo prognozida keltirilgan.

    'Shekspirning Londondagi uyi joylashuvi aniqlandi'ning rasmi

    Bu qiziq 19.04.2026 14:44

    Shekspirning Londondagi uyi joylashuvi aniqlandi

    Tadqiqotchilar mashhur yozuvchining poytaxtdagi yagona mulki qaerda bo‘lganini aniqlandi.

    'Bugun ob-havo qanday?'ning rasmi

    Bu qiziq 19.04.2026 03:05

    Bugun ob-havo qanday?

    "O'zgidromet" ob-havo prognozini ma'lum qildi.

    'Jahon chempionati chiptalari narxi qancha?'ning rasmi

    Bu qiziq 18.04.2026 10:56

    Jahon chempionati chiptalari narxi qancha?

    FIFA rahbari JCH chiptalari narxi bo‘yicha izoh berdi.