AsosiyJamiyat

Toshkentda ayolga nisbatan noʻrin harakat qilgan erkak 3 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida 27 yoshli erkak ayolga nisbatan shahvoniy harakatlar sodir etgani uchun jazolandı.

'Toshkentda ayolga nisbatan noʻrin harakat qilgan erkak 3 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Ma’lum bo‘lishicha, 2026 yil 7 aprel kuni Tursunbayev Sunnatulla Turabay o‘g‘li Yashnobod tumanida joylashgan xonadonlardan birida fuqaro Norinova Sevara Faxriddinovnaga nisbatan tegajog‘lik qilgan. U ayolning tanasining turli qismlaridan ushlab, shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni amalga oshirgan.

Sud majlisida huquqbuzar aybini qisman tan olgan va bunday holatni boshqa takrorlamasligini bildirgan. Jabrlanuvchi esa unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sud ish materiallarini o‘rganib, guvohlar ko‘rsatmalari hamda boshqa dalillar asosida mazkur harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41¹-moddasi 1-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganini qayd etdi.

Qarorga ko‘ra, Tursunbayev Sunnatulla Turabay o‘g‘liga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar