Hodisa oqibatida ikki haydovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2 aprel kuni soat 15:50 da Yusuf Xos Hojib va V. Vohidov ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.
1985 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi BYD chapga burilayotganda, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi elektrvelosipedni urib yuborgan.
YTH natijasida har ikki haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmogda.






