Hududgazta'minot ma'lumotiga ko'ra, Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "Sh." MChJga qarashli AGTKSHda tekshiruv o'tkazilgan.
O'rganish davomida shoxobchada loyiha-texnik hujjatlardan tashqari ortiqcha kompressor o'rnatilgani va hisoblagich ruxsat etilgan maksimal o'lchash chegarasidan tashqari holida ishlatilgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, noqonuniy foydalanish natijasida 6 mlrd 480 mln so'mlik zarar qayd etilgan. Holat yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.






