Toshkent metrosida notanish qizning orqasidan ushlab, shahvoniy harakat qilgan erkak jazoga tortildi. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq tayinladi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 27 mart kuni “Texnopark” metro bekatida sodir bo‘lgan. Erkak yo‘lovchi notanish qizga nisbatan no‘rin harakat qilib, uning orqa qismiga teggan.
2 aprel kuni ish sudda ko‘rib chiqilib, huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismiga asosan 5 sutka qamoq jazosi berildi.
Sud uning moddiy ahvolini inobatga olib, saqlash xarajatlarini qoplashdan ozod qildi.






