AsosiyJamiyat

Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri markazidagi “Zayd ibn Sulton an-Nahayyon” masjid-majmuasida O‘zbekiston delegatsiyasi va Shvetsiya diniy peshvolari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

'Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi'ning rasmi

Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Yangi O‘zbekistondagi diniy islohotlar haqida so‘zlab berdi. Ayniqsa, yurtimiz masjidlarida mo‘min-musulmonlar uchun qilingan sharotilar, turli hududlarda Qur’on kurslari faoliyat ko‘rsatayotgani, mintaqada yagona bo‘lgan fatvo markazi xizmat ko‘rsatishi, imomlar va qorilarning xorij safarlari shvedlik soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Muftiy hazratlari o‘z so‘zi davomida Ramazon hayiti arafasida davlatimiz rahbari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy masjid-majmuasi xalqimizga tuhfa etilganini aytish barobarida mezbon davlat vakillarini mazkur muhtasham majmualar bilan yaqindan tanishish uchun O‘zbekistonga taklif etdilar.

Muloqot davomida masjid bosh imomi Mahmud Xalfiy O‘zbekistonning tarixiy buyukligi, bu diyordan yetishib chiqqan mutafakkirlar dunyo rivojiga ulkan hissa qo‘shgani, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi ulamolar diniy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek singari olimlar dunyo ilm-fani rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgani, bugun ham bu diyor taraqqiy etayotganini e’tirof etdi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Kristian Kamil o‘z so‘zida O‘zbekiston va Shvetsiya davlatlarining o‘xshash jihatlari ko‘pligini ta’kidlab, ikki davlat delegatsiyalarining o‘zaro muloqoti davomida katta natijalarga erishilayotganini ta’kidladi.

Muloqot samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident islomiy bank joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:51

    Prezident islomiy bank joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi

    Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonun qabul qilindi.

    'Toshkent metrosida poyezd nosozlik sabab toʻxtab qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:48

    Toshkent metrosida poyezd nosozlik sabab toʻxtab qoldi

    Toshkent metrosida poyezd 30 daqiqa davomida tunnel ichida to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan metropoliten axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

    'Sirdaryolik yigit Telegramda virus tarqatib, 2 mlrddan ortiq mablag‘ o‘g‘irladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:13

    Sirdaryolik yigit Telegramda virus tarqatib, 2 mlrddan ortiq mablag‘ o‘g‘irladi

    Telegram orqali tarqatilgan virus ilovalar yordamida odamlarni chuv tushirgan yigit qo'lga olindi.

    'Bugun harorat 30 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:09

    Bugun harorat 30 darajagacha ko‘tariladi

    “O‘zgidromet” 28 mart kungi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Navoiyda yolg'on axborot tarqatgan blogger jarimaga tortildi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.03.2026 13:49

    Navoiyda yolg'on axborot tarqatgan blogger jarimaga tortildi.

    Navoiy viloyatida ijtimoiy tarmoqlarda asossiz ma'lumot tarqatgan blogger ma'muriy javobgarlikka tortildi.

    'Dollar kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.03.2026 11:48

    Dollar kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 mart kuni amalda bo‘ladigan qiyamatini belgiladi.