Viloyat IIV ma’lumotiga ko‘ra, blogger bir oila haqida noto‘g‘ri xabar tarqatib, go‘yoki ayolga eri tomonidan suiqasd qilinganini iddao qilgan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida voqea aslida oddiy oilaviy kelishmovchilik ekani, ayolga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilmaganligi aniqlangan.
Sud qaroriga binoan, holatni tekshirmasdan tarqatgan bloggerga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan jarima tayinlandi.
Shuningdek, jamoat tartibini buzgan er-xotinga ham ma’muriy jarima qo‘llanildi.






