Jizzax viloyatida qizlarni fohishalikka undagan 29 yoshli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Zarbdor tumanida 1996 yilda tug‘ilgan shaxs yosh qizlarning ishonchidan foydalanib, Samarqand shahriga olib borgan va fohishalikka jalb qilgani aniqlandi.
Tezkor tadbir chog‘ida ushbu shaxs Jizzax shahrida yashovchi uch nafar va Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi bir nafar fuqaroni Samarqandga olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovgacha daraja tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, jinoyatning barcha jihatlarini o‘rganish va aybdor shaxslarning qonuniy javobgarligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.






