Toshkentda duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.
28 mart (08:00 – 12:00): — Yangi O‘zbekiston ko‘chasi: CAU universiteti oldidan Parkent avtomagistraligacha.
3 aprel (16:00) – 5 aprel (14:00): — Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov ko‘chasidan Beshog‘och ko‘chasigacha.
5 aprel (02:00 – 13:00): — Beshog‘och ko‘chasi: Furqat ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
— Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
— Sharof Rashidov ko‘chasi: Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
— Afrosiyob ko‘chasi: Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
— Shahrisabz ko‘chasi: Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha;
— Oybek ko‘chasi: Shahrisabz ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
— Nukus ko‘chasi: Oybek ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha;
— Abdulla Qodiriy ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha.






