G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Qaraultobe qishlog‘i yaqinida mahalliy aholi yerga qulagan uchuvchisiz apparatni topdi, deb xabar qildi Kazinform.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hozirda qishloq hududida uchuvchisiz apparat qoldiqlariga o‘xshash buyumlar topilishi yuzasidan tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda. Ob’ekt aholi yashaydigan punkt tashqarisida topilgan va hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Mazkur hududda bunday holatlar ilgari ham kuzatilgan: 2025 yil fevral–mart oylarida G‘arbiy Qozog‘istonning bir nechta tumanlarida noma’lum uchuvchisiz apparatlar aniqlandi. Shu munosabat bilan Qozog‘iston Mudofaa vazirligi havo hududini nazorat qilishni kuchaytirgan.
Avvalroq ma’lum qilinganidek, Qozog‘iston Mudofaa vazirligiga ko‘ra, bu kabi dronlarning 90 foizdan ortig‘i Rossiya 926-bosh uchish sinov markazi poligon hududiga to‘g‘ri kelgan, va ushbu hudud Rossiya tomonidan sinovlar uchun foydalaniladi.






