AsosiyJamiyat

Erkak mashinasida sobiq xotini va uning tanishlarini qasddan urdi

Toshkent shahrida haydovchi o‘z avtomobilini qasddan piyodalar ustiga haydagani ma’lum qilindi.

'Erkak mashinasida sobiq xotini va uning tanishlarini qasddan urdi'ning rasmi

Yunusobod tumanidagi Niyozbek yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisada 27 yoshli erkak o‘zining sobiq rafiqasi va uning hamrohlari bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng u Tracker rusumli avtomashinasini ularning ustiga haydab, qasddan urib yuborgan.

Oqibatda 25 yoshli ayol va yana bir shaxs yengil turdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, barcha ishtirokchilar shaxsi aniqlanib, tuman ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Hozirda holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari qoʻshma loyihalarni ishga tushirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:31

    Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari qoʻshma loyihalarni ishga tushirdi

    26 mart kuni Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishidan so‘ng yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

    'Toshkentda bir qator ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:08

    Toshkentda bir qator ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

    Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

    'Oʻzbekistonda noqonuniy oltin savdosi bilan bogʻliq bir qator holatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:57

    Oʻzbekistonda noqonuniy oltin savdosi bilan bogʻliq bir qator holatlar fosh etildi

    Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash doirasida qimmatbaho metallarning noqonuniy aylanmasiga qarshi o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    'G‘arbiy Qozog‘istonda yerga qulagan nomalu dron topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:59

    G‘arbiy Qozog‘istonda yerga qulagan nomalu dron topildi

    Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hozirda qishloq hududida uchuvchisiz apparat qoldiqlariga o‘xshash buyumlar topilishi yuzasidan tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda metroda notanish qizga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:00

    Toshkentda metroda notanish qizga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi

    Joriy yilning 25 mart kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchi N.J.ga oid ish ko‘rib chiqildi.