Xususan, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 2001 va 2005 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro 110 gramm sof og‘irlikdagi nostandart oltin quymasini 17 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Keyingi tekshiruvlarda oltinni qotishma shakliga keltirish uchun mo‘ljallangan uskunalar, prekursorlar hamda gaz ballonlari ham aniqlandi. Ekspertizaga ko‘ra, ushbu quymaning qiymati 209 million so‘mdan ortig‘ni tashkil etgan.
Yana bir holatda Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan kelgan fuqaro shaxsiy tintuvdan o‘tkazilib, u oyoqlari ostiga yashirilgan holda olib o‘tilgan, umumiy qiymati qariyb 290 million so‘mlik 226 gramm tilla buyumlar bilan ushlangan.
Shuningdek, Andijon viloyatida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Andijon shahrida yashovchi fuqaro “Do‘stlik” xalqaro nazorat o‘tkazish punkti orqali kirib kelayotganda tekshirilib, deklaratsiya qilinmagan, taxminan 400 million so‘mlik 241 gramm tilla buyumlar borligi aniqlandi. Ushbu mahsulotlar Turkiyadan Qirg‘iziston Respublikasi orqali olib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.






