Uning aytishicha, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harakatlari global iqtisodiyotga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Logistika zanjirlari, ishlab chiqarish va xomashyo bozorlari bosim ostida qolgan.
Putin bu vaziyatni COVID-19 pandemiyasiga qiyoslab, uning kabi butun dunyo rivojlanishini sekinlashtirishi mumkinligini qayd etdi.
Shu bilan birga, u energiya resurslari narxining o‘sishi ayrim mamlakatlar, jumladan Rossiya uchun ma'lum darajada foydali bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Biroq, bunday sharoitda ehtiyotkor va muvozanatli iqtisodiy siyosat yuritish zarurligini urg‘uladi.






