AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkentdagi 6 ming gektarlik qurilish va 2 million aholiga moʻljallangan megaloyiha taqdim etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi loyihasi taqdim etildi.

'Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkentdagi 6 ming gektarlik qurilish va 2 million aholiga moʻljallangan megaloyiha taqdim etildi.'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Yangi Toshkentni barpo etishning birinchi bosqichida 6 ming gektar maydonda qurilish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Ushbu bosqich yakunida 600 ming aholi uchun zamonaviy infratuzilma yaratiladi. Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng esa shahar 2 million nafar aholi yashaydigan yirik megapolisga aylanishi kutilmogda.

Maydoni 32 gektar bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi Yangi Toshkentning asosiy jamoat va madaniy hududlaridan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan. U yerda turar joylar, tijorat ob’yektlari, mehmonxonalar, madaniyat va ta’lim markazlari barpo etiladi.

Kontseptsiyaga ko‘ra, majmua hududida Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq turli tsivilizatsiyalarga bag‘ishlangan mavzuli mahallalar tashkil etiladi. Har bir hudud Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar madaniyatini ifodalaydi.

Taqdimotda O‘zbekiston mahallasiga alohida urg‘u berildi. Unda har bir bino va jamoat makoni orqali xalq tarixi, milliy qadriyatlar va madaniy merosni aks ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, qator muzeylarni renovatsiya qilish rejalari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, Imom Moturidiy ziyoratgohida muzey tashkil etish, unda alloma hayoti va ta’limotiga bag‘ishlangan zallar joylashtirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Bahouddin Naqshband ilmiy-innovatsion muzeyi faoliyatini kengaytirish, “Yetti pir” zalida ulug‘ allomalar merosini zamonaviy usullarda yoritish taklif etildi.

Shu bilan birga, Temuriylar tarixi davlat muzeyini zamonaviy muzeyshunoslik va dizayn asosida qayta ta’mirlash rejasi ham taqdim qilindi. Unda ekspozitsiyalar yangilanib, tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv va vizual jihatdan boy muhit yaratish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, mazkur loyihalar milliy tarixni chuqur yoritish, madaniy infratuzilmani rivojlantirish va O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Taqdim etilgan takliflar davlat rahbari tomonidan ma’qullanib, ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Amudaryodagi qamishzorlar rejalashtirilgan tartibda yoqilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:42

    Amudaryodagi qamishzorlar rejalashtirilgan tartibda yoqilmoqda

    O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi kichik orolchalardagi qamishzorlar yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralar nazorati ostida yoqilmoqda.

    'O‘zbekistonda masjidlar orqali favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish tizimi joriy etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:58

    O‘zbekistonda masjidlar orqali favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish tizimi joriy etildi.

    Mamlakat bo‘ylab 272 ta masjidga maxsus ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi. Tizim 6,5 million aholini qamrab oladi va aloqa yoki elektrik uzilganida ham ishlaydi.

    'Istanbulda giyohvand moddalar ishi bo‘yicha 14 nafar taniqli shaxs hibsga olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:43

    Istanbulda giyohvand moddalar ishi bo‘yicha 14 nafar taniqli shaxs hibsga olindi.

    Habsga olish uchun buyruq berilgan shaxslar orasida Hakan Sabanci, Hande Erchel, Guzide Aksoy kabi mashhurlar bor.

    'Sifatı kafolatlanganmagan dori vositalari savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:00

    Sifatı kafolatlanganmagan dori vositalari savdosi fosh etildi

    Toshkent viloyati va poytaxtda olib borilgan tekshiruvlar natijasida yaroqlilik muddati tugagan va noqonuniy dori vositalari aniqlandi.

    'Qurollar va o‘q-dorilar muomalasi ustidan nazorat kuchaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:06

    Qurollar va o‘q-dorilar muomalasi ustidan nazorat kuchaytirildi

    Mazkur choralar davlat nazoratini kuchaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda.

    'Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:36

    Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

    O‘rta Chirchiqdagi xonadonda gaz oqib chiqishi oqibatida uch nafar fuqaro, shu jumladan 14 yoshli bola, halok bo‘ldi.