Ma’lum qilinishicha, 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion qurilishi jadal davom etmoqda. Hozirda yer ishlari yakunlangan, poydevorning asosiy qismi quyilgan.
Qiymati 100 million dollar bo‘lgan ushbu inshoot FIFA talablariga mos ravishda qurilmoqda. U 2027 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlarini qabul qilishi rejalashtirilgan.
Stadion 6 qavatli bo‘lib, zamonaviy infratuzilma, mashg‘ulot maydonlari, metro bekati va 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh bilan ta’minlanadi.






