Ma'lum qilinishicha, “N.B.” MChJ rahbari savdo do‘konida umumiy qiymati 145,3 million so‘mlik 4 134 dona alkogol mahsulotini sotuvga qo‘ygan.
Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






