AQShning Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.
Hodisa Port-Artur shahrida joylashgan korxonada yuz bergan bo‘lib, osmonga quyuq qora tutun ko‘tarilgan. Mahalliy aholi portlash vaqtida uylar va avtomobillar silkinganini bildirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash isitish uskunasidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Zavod xodimlari xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.






