Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Navro‘z bayramida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi 2030 yilda yakunlanishi va ishga tushirilishi kutilmog‘da deganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha yangi tranzit aloqalarini ochib, mintaqaning xalqaro ahamiyatini oshiradi. Yuklarni yetkazib berish vaqti qisqarib, logistika salohiyati kengayadi.
Sadir Japarov infratuzilmani rivojlantirish va savdo-logistika markazlarini qurish bugungi kunda muhim ekanini ham ta’kidladi.






