AsosiyJamiyat

Dollar yana ko'tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

'Dollar yana ko'tarildi'ning rasmi

Unga ko‘ra:

dollar 3,94 so‘mga ko‘tarilib, 12 196,00 so‘m bo‘ldi;

yevro 144,78 so‘mga oshib, 14 141,26 18 so‘m bo‘ldi;

rubl 8,74 so‘mga ko‘tarilib, 151,74 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 192,06 so‘m bo‘lgandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda aholi va banklar o‘rtasida 33,6 milliard dollar ekvivalentidagi chet el valyutasi oldi-sotdi qilingan.

Bu 2024 yilgidan 8,1 milliard dollarga (32 foiz) ko‘p. O‘tgan yili banklar jismoniy shaxslardan 21,6 milliard dollar miqdoridagi xorijiy valyutalar xarid qilgan. Aholiga esa 12 milliard dollar sotilgan.

    Boshqa yangiliklar