AsosiyDunyo

Пашинян метродаги аёл билан баҳслашиб қолди

Bosh vazir keyinchalik undan uzr so‘radi.

'Пашинян метродаги аёл билан баҳслашиб қолди'ning rasmi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan metrosida yo‘lovchi ayol bilan tortishib qoldi. Ayol uni Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonga topshirishda ayblagan.

Guvohlarga ko‘ra, bahs ayolning Qorabog‘ yo‘qotilgani uchun Pashinyanni tanqid qilishi bilan boshlangan. Bosh vazir esa hukumat hududda odamlar qolishi uchun katta mablag‘ sarflaganiini aytgan va nima uchun o‘zi u yerda qolmaganini so‘ragan.

Suhbat davomida ayol undan ovozini ko‘tarmaslikni so‘ragan, Pashinyan esa o‘z pozitsiyasini qat'iy himoya qilgan. Biroz vaqt o‘tib, u Telegram orqali murojaat qilib, hissiyotga berilganini tan oldi va ayol hamda uning farzandididan uzr so‘radi.

Ma’lumot uchun, Armaniston 2023 yildagi voqealardan so‘ng Tog‘li Qorabog‘ ustidan nazoratni yo‘qotgan, minglab aholi hududni tark etgan.

    Boshqa yangiliklar