AQSh prezidenti Donald Trump Eronni Hormuz bog‘ozini ochishga chaqirib, Tehronga 48 soatlik ultimatum qo‘yganini ma’lum qildi, deya yozmoqda "zamon.uz".
Prezident ta’kidlaganidek, agar bog‘oz usbu muddat ichida to‘liq ochilmasa, AQSh Eronning energetika infratuzilmasiga, jumladan elekt stansiyalariga zarbalar berishni boshlashi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda mamlakatdagi eng yirik energetika inshootlaridan biri nishonga olinadi. Donald Trump bu bayonotni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan.
Shuningdek, Isroil Katz avvalroq IDF hamda AQSh harbiylari yaqin vaqt ichida Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirish ehtimoli borligini ma’lum qilgan edi.
Bundan oldin 22 ta davlat rasmiylari Hormuz bog‘ozi orqali kemalarning havfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirgan. Ular Eronning qo‘shni davlatlarga qaratilgan hujumlarini qoralab, zarardan jabr ko‘rgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga ham tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, NBC News xabariga ko‘ra, Oq uy ma’muriyati Hormuz hududida kemalar havfsizligini ta’minlash maqsadida Eron portlarini nazorat qilish hamda Fors ko‘rfazidagi ayrim kichik orollarga qo‘shin joylashtirish ehtimoli ham muhokama qilmoqda.






