Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Manhetten va Bruklin prokuraturalari tomonidan olib borilayotgan tergovga xalqaro narkotrafik ishlari bo'yicha ixtisoslashgan prokurorlar, shuningdek, AQSh Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) va Ichki xavfsizlik tergov xizmati agentlari jalb qilingan.
"Tergov doirasida, boshqa masalalar bilan bir qatorda, prezident Gustavo Petroning narkosavdogarlar bilan ehtimoliy uchrashuvlari hamda uning prezidentlik shtabi narkobaronlardan xayriya mablag'lari yiqgan-yig'maqani o'rganilmoqda", — deydi manbalar.
Prokuraturalar tergovni bir-biridan mustaqil ravishda olib bormoqda. Hozirda ular boshlang'ich bosqichda va biror-bir jinoyiy ayblov e'lon qilinishi yoki qilinmasligi hozircha noma'lum. Shuningdek, The New York Times'ning aniqlik kiritishicha, ushbu tergovlar Oq uy tashabbusi bilan boshlanganligi haqida hech qanday dalil yo'q.






