AsosiyDunyo

Janubiy Koreyadagi zavodda yirik yong‘in: o‘nlab jabrlanmganlar bor

Toshkent shahridagi avtoehtiyot qismlar ishlab chiqarish zavodidagi yong‘in oqibatida kamida 53 kishi jarohatlandi, 14 kishi bedarak.

'Janubiy Koreyadagi zavodda yirik yong‘in: o‘nlab jabrlanmganlar bor'ning rasmi

Bugun, 20 mart kuni Janubiy Koreyaning Tejon shahrida joylashgan avtoehtiyot qismlar ishlab chiqarish zavodida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. "Yonhap" agentligi xabar berishicha, hodisa oqibatida kamida 53 kishi jarohatlangan, yana 14 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Yong‘in haqida xabar soat 13:17 atrofida kelib tushgan. Shundan so‘ng Milliy yong‘in xavfsizligi agentligi butun mamlakat bo‘ylab kuchlarni safarbar qilish to‘g‘risida buyruq bergan. Bunday qaror yong‘in ko‘lami mahalliy imkoniyatlardan oshib ketganda qabul qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa vaqtida zavodda 170 nafar ishchi bo‘lgan. Ulardan 14 nafari bilan hali-gacha bog‘lanib bo‘lmayapti. Jabrlanganlarning aksariyati, jumladan 24 nafar og‘ir ahvoldagi fuqaro zaharligazdan nafas olgan yoki binodan qulab tushgan.

Yong‘inni o‘chirishga 200 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 90 ta texnika jalb etilgan, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi xizmati vertolyotlari ham yordam bermoqda. Zavodning ikki binosidan biri to‘liq yonib ketgan, ikkinchisi esa hali ham yonmoqda. Qulab tushish xavfi sabab o‘t o‘chiruvchilar binoga kira olmayapti.

Shuningdek, binoda 200 kilogramm natriy mavjudligi yong‘inni bartaraf etishni qiyinlashtirmoqda, chunki noto‘g‘ri harakat portlashga olib kelishi mumkin. Prezident Li Chje Myon mutasaddilarga barcha resurslarni safarbar etib, jabrlanganlarni qutqarish va yong‘inni jilovlashni buyurgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kim Chen In qizi bilan tanishuvda: yangi zamonaviy tankda “sayr”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:52

    Kim Chen In qizi bilan tanishuvda: yangi zamonaviy tankda “sayr”

    Tank ustida o‘tirgan ota-qizning suratlari e’lon qilindi.

    'Netanyahu Eron energetika ob'ektlariga hujum qilmaslikka rozi bo'ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:55

    Netanyahu Eron energetika ob'ektlariga hujum qilmaslikka rozi bo'ldi

    Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Trump Isroil bilan bu masalada kelishuvga erishilganini aytdi.

    'Eron IIVK F-35 urilganini ma'lum qildi, video tarqatildi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:46

    Eron IIVK F-35 urilganini ma'lum qildi, video tarqatildi.

    Bu haqda IИQK bayonotiga tayanib, “Fars” axborot agentligi xabar berdi.

    'Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi

    AQSh Senati qonunchilarining Prezident Donald Trumpning Eronga qarshi harbiy harakatlarini cheklash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlamadi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    'Pokiston va Afgʻoniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

    Dunyo 19.03.2026 12:51