Pokiston va Afg‘oniston chorshanba kuni Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlariga qarshi olib borayotgan harbiy amaliyotlarni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Harbiy harakatlar chorshanba tunidan 23 mart tunigacha to‘xtatiladi.
Pokiston Axborot vaziri Attaulla Tararning ta’kidlashicha, mazkur qaror Pokistonning o‘z tashabbusi bilan qabul qilinib, Sauudiya Arabistoni, Qatar hamda Turkiya so‘rovi bilan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Vazir har qanday chegara hujumi, dron zarbasi yoki Pokistonda yuzaga keladigan "terrorchilik hodisasi" bo‘lsa, harakatlar yana kuchaytirilishini bildirdi.
Bunga javoban, Tolibon ham operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatishini e’lon qildi. Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid, Ramazon hayiti munosabati va islom davlatlarining iltimoslari bilan mudofaa harakatlarini to‘xtatilayotganini ma’lum qildi, biroq har qanday tajovuzga javob berilishini qo‘shimcha qildi.
Shu vaqtgacha Pokistonning Afg‘onistonga qarshi harakatlarida 707 kishi halok bo‘lgan.
Kobuldagi giyohvandlikdan tuzatish markaziga qilingan hujum yuzasidan hali ham bahslar davom etmoqda. Afg‘oniston sobiq NATO harbiy bazasi bo‘lgan o‘n yil oldin reabilitatsiya markaziga aylantirilgan binoni Pokiston atayin nishonga olganini bildirmoqda.
Pokiston harbiylari esa o‘z bayonotida nishonga olingan ob’ekt dronlar, dronlarni uchirish uchun uskunalar saqlash joyi sifatida ham foydalanilayotganini va "xabarlarga ko‘ra, Sovet davridagi SCUD raketalari ham saqlangan"ini aytdi.






