Rezolyutsiya uchun 47 senator ovoz bergan bo‘lsa, 53 nafari qarshi chiqqan.
Demokratlar tashabbusi ma’muriyatdan Kongress roziligisiz mojarodagi ishtirokni to‘xtatishni talab qilgan.
Senator Rend Pol hujjatni qo‘llab-quvvatlagan yagona respublikachi bo‘lsa, demokrat Jon Fetterman unga qarshi chiqqan.
Demokratlar ma’muriyatdan harbiy kampaniya maqsadlari va xarajatlari bo‘yicha ochiq izoh talab qilmoqda.






