Eronning Hatam al-Anbiyo harbiy qoʻmondonligi markaziy shtabi vakili Ibrohim Zulfagʻoriy Fors koʻrfazidagi hujumlar tufayli AQSh va Isroilga "javob chorasi" bilan tahdid qildi.
Eron harbiy amaldorining bayonoti Mehr axborot agentligi tomonidan eʼlon qilindi.
Zulfagʻoriyning soʻzlariga koʻra, AQSh-Isroil kuchlari Fors koʻrfazidagi xususiy kemalar va yoʻlovchi tashish kemalarini nishonga olgan.
"Bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklari va Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlarining kuchli hujumiga qarshi tura olmaganliklari sababli, AQSh va Isroil Fors koʻrfazidagi xususiy kemalar va yoʻlovchi tashish kemalarini nishonga olmoqda. Agar bu hujumlar davom etsa, biz jiddiy javob chorasini koʻramiz", dedi u.
Avvalroq, AQSh va Isroil Eronning Bushehr shahridagi kemalarga, shuningdek, yoʻlovchi va baliq ovlash portlariga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladilar. Natijada Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomeney va boshqa bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar oʻldirilgan. Keyin Eron Isroildagi nishonlarga, shuningdek, AQSh va uning Sauudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi ittifoqchilari bilan bogʻliq obʼyektlarga zarba berishni boshladi.






