2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 156 ta davlatdan jami 1 776 336 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, usbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 441 ming nafarga yoki 33 foizga oshgan.
Eng ko‘p turlar Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan. Shuningdek, Rossiya, Afg‘oniston, Turkmaniston, Xitoy, Turkiya, Hindiston va Koreya Respublikasi ham yetakchi o‘ntalikdan o‘rin olgan.






